01 may 11:22
Yangiliklar
Tennis

Abduraimovadan Nottingem turniri yakkaligida kutilgan natija
Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida tennis bo'yicha ITF turniri bo'lib o'tmoqda.
W35 toifasiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalikning ilk davrasida avstriyalik Tamira Pashekka qarshi kortga chiqdi. Oltmish etti daqiqa davom etgan bahsda Pashek oson g'alabaga erishdi - 6/1, 6/1.
Taqqoslash uchun, 30 yashar Nigina Abduraimova WTA reytingida 825, turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan 34 yoshli Tamira Pashek esa 389-pog'onadan joy olgan. Endi Abduraimova bor etiborini juftlik musobaqasidagi ishtirokiga qaratadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar