02 sen 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyada mezbon bokschiga qarshi 12 raundlik jang o'tkazdi
Iqtidorli bokschimiz Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida tashkil etilgan jang oqshomida ishtirok etdi.
Hamyurtimiz mazkur bahsda WBA Asia kamari uchun mezbon charm qo'lqop ustasi Xvang Kil Kimga qarshi to'qnash keldi. Jang to'liq 12 raund davom etdi va unda g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Afsuski, jang yakunida hakamlar mezbon bokschiga 115:112, 114:113, 115:112 ko'rinishida g'alabani taqdim etishdi.
SHu tariqa, Abdurasul faoliyatida ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Bungacha u 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongandi. Koreyalik bokschi esa bungacha 11 ta jang o'tkazib, 1 ta jangda imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar