11 jan 13:19
Yangiliklar
Futbol
Abraxam APLga qaytishi mumkin
"Aston Villa" ushbu transfer oynasida Temmi Abraxamni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.
28 yoshli Abraxam "Roma"ga tegishli bo'lib, ijara asosida "Beshiktosh" sharafini himoya qilmoqda. U Turkiya chempionatida 17 ta o'yinda 7 ta gol urgan.
Takidlanishicha, "CHelsi" sobiq hujumchisining transferi ijara shartnomasi tufayli murakkab ko'rinmoqda, u malum shartlar bajarilgan taqdirda 11,2 mln funt evaziga majburiy sotib olishni nazarda tutadi.
SHuningdek, uning maoshi haftasiga 115 ming funt atrofida ekani, bu esa qo'shimcha to'siq bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.

Havola :
Fikrlar