16 iyu 11:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/15905_220.jpg)
Abraxamni mag'lub etgan Yubank “WBSS”ning so'nggi ishtirokchisi
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida “World Boxing Super Series” doirasidagi boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi ikkinchi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda “World Boxing Super Series” musobaqasining so'nggi, sakkizinchi ishtirokchisi aniqlandi.
Britaniyalik 27 yoshli Kris Yubank ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni germaniyalik 37 yoshli Artur Abraxamni 120-108, 118-110, 118-110 hisobida mag'lub etdi. Yubank endi chorak finalda turkiyalik Avni Yildirimga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar