04 iyu 14:37
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/13800_220.jpg)
Adonis Stivenson nokaut evaziga kamarini himoya qildi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Adonis Stivenson kamarini munosib tarzda himoya qildi.
Bu safar Stivenson chempionlik kamarini Anjey Fonfaradan himoya qildi. Jang uzoq davom etmadi. Ikkinchi raundda vaziyatni to'g'ri baholagan referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Oqshomning yana bir qiziqarli jangida sobiq jahon chempioni Jan Paskal hakamlarning qaroriga ko'ra Eleyder Alvaresga 114-114, 111-117, 112-116 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar