Marokashning "Fez" stadionida kechgan bahsda Nigeriya terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritishdi.
Uchrashuv taqdiri amalda birinchi bo'limning o'zidayoq hal bo'ldi. 20-daqiqada Ademola Lukman hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay Viktor Osimxen farqni oshirdi. Ikkinchi bo'lim boshida Osimxen dublini nishonladi, o'yin yakunida esa Akor Adams yakuniy nuqtani qo'ydi — 4:0.
Endi Nigeriya chorak finalda Jazoir — DR Kongo juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
Afrika Millatlar Kubogi-2025. 1/8 final
NIGERIYA — MOZAMBIK 4:0
Gollar: A. Lukman (20), V. Osimxen (25, 47), A. Adams (75).
Nigeriya: Nvabali, Osayi-Samuel, Ajayi, Bessi, Onemaechi, Oneka, Ndidi, Ivobi, Lukman, Osimxen, Adams.
Mozambik: Silvane, Kabral, Mekser, Mandava, Langa, Gimaraesh, Amade, Katamo, Pelembe, Kembo, Bangal.
Fikrlar