17 avg 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy bokschi faoliyatini yakunladi
Professional boksning 3 ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni SHeyn Mozli faoliyatini yakunlaganligini rasman elon qildi.
“Men avvalgidek kuchli va navqiron emasman. Men boksda qolaman. SHunchaki, professional faoliyatimni yakunladim. Endi bor tajribam va bilimimni yosh avlodga bermoqchiman. Yani, tez orada murabbiylik faoliyatini boshlayman”, - dedi Mozli.
Malumot uchun, 45
yoshli SHeyn Mozli professional ringda 60 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 49 tasida
g'alabaga erishgan. Bu janglarning 41 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Ringda
Oskar de la Xoyya, Vernon Forrest, Floyd Meyvezer, Rikkardo Mayorga kabi mashhur
bokschilar bilan to'qnash kelgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar