30 okt 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Afsonaviy Muhammad Alining nabirasi prof ringda jang o'tkazdi
Filippin poytaxti Manila shahrida boks afsonalari Muhammad Ali va Jo Freyzer o'rtasidagi trilogiya o'tkazilganiga 50 yil to'lishi munosabati bilan professional boks kechasi tashkil etildi.
Ikki buyuk jangchining o'zaro uchinchi jangi "Maniladagi triller" nomi bilan mashhur bo'lgan. Turnir doirasida Muhammad Alining nabirasi Niko Ali-Uolsh tailandlik Kittisak Klinsonga qarshi jang ringga ko'tarildi.
O'rta vazn toifasida sakkiz raund to'liq davom etgan jangda durang natija qayd etildi. Hakamlardan biri g'alabani Klinsonga taqdim etdi — 77-75, qolgan ikki hakam esa jang durang natija bilan tugaganini qayd etishdi — 76-76.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar