25 apr 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA

"Agar Meyvezer qaytganida, Alvares uni mag'lub eta olgan bo'lardi"
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Amir Xan Meyvezer va Saul Alvares haqidagi ehtimoliy revansh haqida gapirdi.
"Kanelo haqiqiy mahluq. Agar Meyvezer qaytib, Alvares bilan jangga rozi bo'lsa, o'ylaymanki Saul uni mag'lub etadi. U bokschi sifatida ulg'aydi va kuchaydi. Endilikda u ajoyib jangchi", - dedi Xan.
Eslatib o'tamiz, 2013 yilda Floyd Meyvezer 23 yoshlik Saul Alvaresni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Qayd etish lozimki, o'shanda hakamlardan biri durang natijani ham qayd etgandi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar