17 fev 19:19
Yangiliklar
AGMK o'z oldiga chempionlikni maqsad qilib qo'ygan
Biz ushbu klubning mashg'ulot jarayonini kuzatdik hamda bosh murabbiydan intervyu olishga muyassar bo'ldik. Klubning bosh murabbiyi Aziz Teshabaevning aytishicha, “Eng avvalo, yig'in doirasida voleybolchilarning jismoniy holatini tekshirib olish zarur. Negaki yigitlarimiz tatildan qay holatda qaytganligini bilmaymiz. SHu sababli bor etiborni voleybolchilarimizning jismoniy tayyorgarligini tekshirib olishga qaratdik. SHundan so'ng ular bilan texnik va taktik elemantlar ustida ish olib boryapmiz.
Ayni vaqtda, o'yinchilarimizning ruhiy holatini bemalol alo darajada deya olaman. Boshqa jamoalarga hurmatni saqlagan holda, bu yilgi chempionat bahslarida klubimiz bilan 1-o'rinni egallashni bosh maqsad qilganmiz”.
Malumot o'rnida, voleybol bo'yicha XXVIII O'zbekiston CHempionati uchrashuvlari 21 fevral kuni boshlanadi.
Ilyosbek Maxmudov. O'zJOKU talabasi
Fikrlar