12 may 09:35
Yangiliklar
Voleybol
Voleybol bo'yicha O'zbekiston U18 qizlar terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi!
Joriy yilning 8-12 iyul kunlari Niderlandiyaning Gaaga shahrida FIVB Beach Volleyball U18 World Championship musobaqasi bo'lib o'tadi.
Dunyoning eng iqtidorli yosh plyaj voleybolchilari jam bo'ladigan ushbu nufuzli turnirda ilk bor O'zbekistonning U18 qizlar terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Ushbu tarixiy yo'llanma Osiyo mintaqasidagi saralash bahslarida qayd etilgan muvaffaqiyatli natijalar evaziga qo'lga kiritildi.
Gaaga shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida dunyoning turli qitalaridan tashrif buyuradigan eng kuchli yosh sportchilar g'oliblik uchun bahs olib boradi. Musobaqa saralash va asosiy to'r bosqichlaridan iborat bo'lib, yuqori darajadagi raqobat hamda katta xalqaro tajriba maydoni vazifasini o'taydi.

Havola :
Manba : t.me/uzbekistanvf
Fikrlar