04 okt 10:52
Yangiliklar
AGMK voleybolchilari klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashish uchun Tailandga jo'nab ketdi
Unda O'zbekiston chempioni sifatida Olmaliq tog'-metallurgiya kombinatining AGMK jamoasi Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Vakillarimiz klublar o'rtasidagi qita chempionatiga Turkiya orqali 13 nafar sportchi, uch nafar murabbiylar shtabi vakillari hamda delegaciya rahbari boshchiligida jo'nab ketishdi.
Musobaqada jami 10ta klub ikki guruhga bo'lingan holda bahs olib borishadi. AGMK jamoasi «B» guruhida Eronning «Sirjan Fulad», Qatar chempioni «Al-Arabi», Tailandning «Daymond» hamda Filippin vakili «Rebisko Filippines» klublari bilan o'zaro musobaqalashadi.
«A» guruhidan esa «SEB Sports Klub» (SHri-Lanka), «Burevestnik» (Qozog'iston), «Kazma Sport Klub» (Quvayt), «South Gas Klub» (Iroq) hamda «Naxon Ratchasima» (Tailand) jamoalari o'rin olgan.
Bo'lajak o'yinlarda vakillarimizga omad tilaymiz.
Fikrlar