20 may 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Aka-uka Klichkolar German Boxing Awards sovriniga loyiq ko'rilishdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi faxriy chempioni bo'lgan Vitaliy Klichko hamda uning ukasi sobiq mutloq jahon chempioni Vladimir Klichko nufuzli sovringa munosib deb topildi.
Ukrainalik bokschilar nufuzli German Boxing Awards sovrini bilan taqdirlanishadi. Ushbu mukofot hayoti davomida boks rivojiga qo'shgan xissasi uchun topshiriladi.
Sovrinni tantanali topshirish marosimi 8 oktyabr kuni Germaniyaning Gamburg shahrida bo'lib o'tadi. Qolgan 11 ta nominaciya g'oliblari esa jurnalistlarning bergan ovoziga ko'ra aniqlanadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar