26 mar 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Aka-uka Klichkolar - XXI asrning eng kuchli superog'ir vazn bokschilari
Ukrainalik sobiq jahon chempionlari Vladimir va Vitaliy Klichkolar XXI asrning eng kuchli superog'ir vazn bokschilari, deb tan oldi Ispaniyaning mashhur “Marca” sport nashri.
“Vladimir asrning dastlabki yilida o'sha davrning eng kuchli bokschilaridan biri Kris Berdni mag'lub etib, WBO kamariga ega chiqqan. Vitaliy ham ancha vaqt davomida ringda o'z hukmdorligini o'rnatdi. Ularning har ikkisi ham ishlashda davom etishdi va charchashmadi”,-deyilgan xabarda.
“Marca” shuningdek, uchinchi o'ringa Entoni Joshuani qo'ygan, to'rtinchi va beshinchi o'rinlardan Tayson Fyuri va Deontey Uaylder joy olgan.
Havola :
Manba : marca
Fikrlar