30 may 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Aka-uka Xiramagomedovlar umrbod diskvalifikaciya qilindi
Rossiya MMA ittifoqi aralash qoidalar bo'yicha aka-uka sportchilar - Gajimurad va Gamzat Xiramagomedovlarni sportdan umrbod chetlatdi.
Qozog'istonning Astana shahrida o'tkazilgan Fight Nights Global 65 turniri doirasida Gajimurad Xiramagomedov va uning akasi Gamzat jang hakami Radmir Gabdullinni do'pposlashgandi.
Gabdullin Rossiya MMA ittifoqining vice-prezidenti hisoblanadi. Aka-ukalar hakamlikdan norozi bo'lishgan. Gajimurad hakamlarning qaroriga ko'ra Georgiy Kichiginga vakant bo'lib turgan chempionlik kamarini boy bergan edi.
Havola :
Fikrlar