19 mar 07:59
Yangiliklar
Boks/MMA

"AKA" yopildi. Xabib Rossiyaga qaytadimi?
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov "AKA" sport zali yopilganiga qaramasdan AQSHdan ketmaydigan bo'ldi.
Bu haqida Xabibning jamoadoshlari xabar berishdi.
"Tayyorgarlik AQSHda davom etadi. Barchamiz UFCning jangni qaerda tashkil etishini hal qilishini kutyapmiz", - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, San-Xoseda joylashgan "AKA" sport zali koronavirus sabab uch haftaga karantin uchun yopildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar