23 dek 17:59
Yangiliklar
“Al-Ahli” - “Andijon” o'yinini iroqlik hakamlar boshqaradi
Unga ko'ra, bosh hakam vazifasini Zaid Tamer Muhammad bajaradi.
35 yoshli hakam joriy yilgi mavsumda Iroq yulduzlar ligasida 6 ta, OCHL Elit (“Al-Sadd” - “SHarja” - 1:1) va OCHL 2 turnirlarida (“Tampines Rovers” - “Poxan” - 1:0) 1 tadan o'yinni boshqargan. SHuningdek, U 23 Osiyo Kubogi saralashida (BAA - Eron - 2:3) ham 1 ta o'yinda hakamlik qildi.
“Al-Ahli” - “Andijon”
Bosh hakam: Zaid Tamer Muhammad (Iroq)
Yordamchi hakamlar: Xaydar Abdulxassan Ali Ulbaydi, Amir Dovud Xusseyn Alvindavi (ikkisi ham Iroq)
Zaxira hakami: Axmed Kadim Gatea Ristam (Iroq)
Nazoratchi: Xidoyat Mombeni (Eron)
Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)
Eslatib o'tamiz, “Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar