14 noy 07:39
Yangiliklar
"Al Ayn Kubogi". Eron - Kabo-Verde uchrashuvi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
Unda Eron terma jamoasi jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi Kabo-Verdeni penaltilar seriyasida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.
Final 18 noyabr kuni o'tkaziladi. Uchinchi o'rin uchun o'yin esa 17 noyabr kuni tashkil etiladi. Jamoalarning raqiblari Misr - O'zbekiston uchrashuvida aniqlanadi. G'olib jamoa finalda, mag'lubi esa 3-o'rin uchun bahsda ishtirok etadi.
Kabo-Verde - Eron 0:0 (pen. seriyasi 4:5)
Kabo-Verde - Vozinya, Stopira, Dini, Sidni Kabral (Moreyra Fernandes, 80), Kevin Linini, Vagner Pina, Jamiro Montero (Telmo Arkanjo, 60), Deroy Duarte, Villi Semedo (Laros Duarte, 60), Rayan Mendes (Garri Rodriges, 60), Rocha Livramento (Alessio da Kruz, 60).
Eron - Alirizo Beyranvand, SHojai Halilzoda, Ali Nemati (Milad Muhammadi, 71), Majid Hussayni, Danial Ismoilfar (Solih Hardani, 55), Said Izzatullohi, Saman Goddos (Ali Alipur, 80), Muhammad Gorbani (Omid Nurafkan, 55), Muhammad Mohebi, Mehdi Taremi, Amirhussayn Hussaynzoda (Mehdi Hasheminejad, 55).
Ogohlantirishlar: SHojai Halilzoda (60), Vagner Pina (89).

Fikrlar