06 avg 15:00
Yangiliklar
Futbol

"Al Hilol" "Liverpul" hujumchisi bo'yicha kelishuvga erishdi
"Al Hilol" "Liverpul" bilan Darvin Nunes transferini og'zaki kelishib oldi.
Fabricio Romano xabariga ko'ra, endi Saudiya klubi 26 yoshli hujumchi bilan kelishib olsa bas.
Manbaga ko'ra, "Al Hilol" Urugvay terma jamoasi futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Nunesga murabbiy Simone Indzagi shaxsan qiziqish bildirgan.
Darvin Nunes o'tgan mavsum "Liverpul" safida barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.
Havola :
Manba : Fabrizio Romano
Fikrlar