21 iyu 12:04
Yangiliklar
Futbol

“Al-Hilol” Saudiya Arabistoni Superkubogida ishtirok etishdan bosh tortdi
Riyodliklar matbuot xizmati tomonidan futbolchilardagi charchoq sabab klub Saudiya Arabistoni Superkubogida ishtirok etmasligi malum qilingan.
Jamoa bayonotida aytilishicha, klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki sababli futbolchilarga 24 kunlik tatil berilgan. Agar ular Superkubokda ishtirok etishsa, tatil 21 kungacha qisqaradi.
Qayd etilishicha, bu SAFF tomonidan chiqarilgan Futbolchilarning kasbiy mahorati va maqomi qoidalariga ilovaga kiritilgan majburiy shartnomalarning (5.6) bandiga zid keladi. Sababi futbolchilarning shartnomasida har yili kamida 28 kunlik tatil olish huquqi bor.
SHu sababdan Superkubogning amaldagi chempionlari turnirda ishtirok etmasliklarini malum qilishgan.
Havola :
Fikrlar