03 mar 16:19
Yangiliklar

"Al Hilol"ning bir necha yulduzi "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi
Saudiya Arabistoni jamoasi Toshkentga bir qator yo'qotishlar bilan etib keldi.
"Al Hilol" matbuot xizmatiga ko'ra, 6 nafar futbolchi ertaga maydonga tushmaydi:
O'ng qanot himoyachisi Hamad Al Yami elkasidan jarohat olgan;
Qanot himoyachisi Joau Kanselu tizzaosti payini uzib olgani uchun 8 hafta davolanadi;
CHan qanot himoyachisi Renan Lodi hozircha sport zalida shug'ullanmoqda;
Hujumchi Aleksandar Mitrovich jamoa O'zbekistondan qaytganidan keyin mashg'ulotlarga qo'shiladi;
Markaziy himoyachi Hasan Al Tambakti jarohatdan tiklanishda davom etmoqda;
CHap qanot himoyachisi Yosir Al SHahroni tiklanish jarayonini davom ettirmoqda, jamoa mashg'ulotlarining bir qismida qatnashdi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" – "Al Hilol" bellashuvi ertaga "Jar" stadionida 21:00 da start oladi.
Fikrlar