09 apr 09:39
Yangiliklar
Futbol
"Al Nassr" ustozi Ronalduga ko'rsatilgan qizil haqida fikr bildirdi
"Al Nassr" ustozi Luish Kashtru jamoa sardori Krishtianu Ronalduga ko'rsatilgan qizil kartochka haqida fikr bildirdi.
"Krishtianu bilan "kontakt"dagi raqib yuziga zarba qabul qilib olgandek o'zini ko'rsatdi. Men bu holatni bir necha bor takror ko'rdim. U erda Ronaldu raqibining yuziga umuman tegmagandi. Menimcha, hakam raqibning teatrlashtirilgan xatti-harakati uchun qizil kartochka ko'rsatdi", — dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, kecha "Al Nassr" klubi Superkubok bahsida "Al Hilol"ga qarshi uchrashuvda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. Ronaldu ushbu o'yinda qizil kartochka olgan edi.
Havola :
Fikrlar