25 noy 14:40
Yangiliklar
Al SHahroni muvaffaqiyatli operaciya qilindi
Saudiya Arabistoni darvozaboni Muhammad Al Ovays "Lusail" stadionida kechgan o'yin vaqtida to'satdan himoyachi Yosir Al SHahroniga tizzasi bilan zarba berdi.
Mamlakati sharafini 73 ta o'yinda himoya qilgan "Al Hilol" futbolchisi maydondan og'ir ahvolda olib chiqib ketildi, keyinroq operaciya uchun Ar-Riyodga uchib ketdi.
Saudiya Arabistoni termasi matbuot xizmati payshanba kuni o'zining rasmiy Twitter sahifasida operaciya muvaffaqiyatli o'tganini tasdiqladi.
"Kecha Yosir Al SHahroni Ar-Riyoddagi Qirol Abdulaziz tibbiy shaharchasida joylashgan Milliy gvardiya gospitalida oshqozon osti bezi operaciyasini muvaffaqiyatli o'tkazdi.
U milliy terma jamoa tibbiy shtabining to'liq nazorati ostida. Saudiya Arabistoni futboli oilasi Yosirning tezroq tuzalib ketishini tilaydi", – deyiladi xabarda.
Saudiya Arabistoni 1990 yilgi Kamerundan keyin Jahon chempionatida Argentinani mag'lub etgan (2:1) ilk evropalik bo'lmagan jamoa bo'ldi.
Jahon chempionatida Argentinani mag'lub etgan so'nggi uchta jamoa musobaqada g'olib bo'lgan (2014 yilda Germaniya va 2018 yilda Franciya) yoki finalga chiqqan (2018 yilda Xorvatiya).
Erve Renar jamoasi "C" guruhida peshqadamlik qilmoqda va shanba kuni Polsha bilan kuch sinashadi.
Fikrlar