28 fev 07:21
Yangiliklar

"Al Vahda" 6 ochkolik o'yinda g'alabaga erishdi, Erkinov asosiy tarkibda maydonga tushdi
Terma jamoamiz yarim himoyachisi 64-daqiqada o'z o'rnini Braima Diarraga bo'shatib berdi va aynan shu futbolchi "Al Vahda"ga o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan beshinchi daqiqada g'alaba to'pini kiritdi. "Al Ayn" himoyachisi Fabio Kardosoning 30-daqiqada maydondan chetlatilgani ham Erkinov jamoasining g'alabasiga yordam berib yubordi.
"Al Vahda" - "Al Ayn" 2:1
Gollar: Fakundo Krupski (68), Braima Diarra (90+5) - Abdulkarim Traore (28).
"Al Vahda": Muhammad al-SHamsi, Sasha Ivkovich, Ruben Kanedo, Alo Eddin Zohir (Guga, 46), Lukas Pimenta, Ahmad Nurullohi, Kevin Agudelo (Mansur Solih, 90+3), Jedsom (Leonel Vamba, 64), Muhammad Gorbani, Fakundo Krupski, Hojimat Erkinov (Braima Diarra, 64).
"Al Ayn": Holid Eysa, Fabio Kardoso, Erik (Felipe Salomoni, 77), Kuame Kuadio, Bandar al-Ahbobi, Alexandro Romero (Yahyo Nodir, 77), Park Yung-Vu, Matias Palasios, Abdulkarim Traore, Sofyan Rahimi (Kojo Laba, 77), Mateo Sanabria (Holid al-Hoshimi, 35).
Ogohlantirishlar: Alo Eddin Zohir (45+2), Braima Diarra (90+6) - Kuame Kuadio (24), Alexandro Romero (68), Bandar al-Ahbobi (90).
CHetlatish: Fabio Kardoso (30).
Fikrlar