11 iyu 10:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Aldu Yanga qarshi jang haqida: "Kecha nokauti" bo'ladi
Braziliyalik UFC jangchisi Joze Aldu rossiyalik raqibi Petr Yanga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
"Agar barchasi menga bog'liq bo'lsa, bu jang juda ham ochiq bahsga aylanadi. Ko'p bora takidlaganimdek, bu safargi mashg'ulotlarimni hech kim kuzatmadi. Men faoliyatimdagi eng ajoyib mashg'ulot lagerini o'tadim. Tezlik, kuch va tajriba - g'alaba kaliti hisoblanadi. Agar bizning jang kecha jangi bo'lmasa, kecha nokauti bo'ladi", - dedi Aldu.
Eslatib o'tamiz, Aldu - Yan jangi 12 iyul kuni tongda UFC 251 kechasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar