05 dek 15:48
Yangiliklar
Futbol
Aleksandr Geynrix: "Qurada Gaiti yoki Kyurasaoni kutib qolamiz"
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix Championat.asia saytiga JCH-2026 qurasi oldidan fikrini bildirdi.
"Birinchi savatchadan kuchliroq jamoa tushishini istardim. Jahon chempionatiga chiqdikmi, demak, yaxshi bir jamoaga qarshi o'ynashga nima etsin. Masalan, Ispaniya, Braziliya yoki Franciya bilan!
Ikkinchi savatchadan Kolumbiya yoki Senegal. To'rtinchisidan esa Gaiti yoki Kyurasaoni kutib qolamiz. Biz ulardan birini mag'lub etib, guruh bosqichidan chiqishimiz lozim", – dedi Geynrix.
- Nima uchun siz muxlisi bo'lgan Ronalduning Portugaliyasi bilan tushishimizni xohlamayapsiz?
- Men "Real"ga muxlislik qilaman, u esa hozir Madridda emas (kuladi).
Eslatib o'tamiz, marosim bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Havola :
Fikrlar