03 iyu 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Povetkin: “Putin hali qo'ng'iroq qilmadi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida qitalararo chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Povetkin ukrainalik Andrey Rudenkoga qarshi kechgan jangdan so'ng o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
“Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng ringga qaytganim va g'alaba qozonganimdan xursandman. Albatta, raqibni nokautga uchratishni xohlagandim. Lekin bu safar bu istak amalga oshmadi. Endi jahon chempionlik kamarlari sari yurish boshlanadi.
Mamlakat prezidenti Vladimir Putin menga qo'ng'iroq qildimi? Hozircha yo'q!, – dedi Povetkin.
Malumot uchun, Rudenkoni mag'lub etgan Povetkin WBO International hamda WBA Intersontinental chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Fikrlar