29 sen 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usik Buyuk Britaniyada etirof etildi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik Buyuk Britaniyada yilning eng yaxshi xorijlik bokschi deb topildi.
Ukrainalik bokschi 2018 yilning noyabr oyida Angliyaning Manchester shahrida britaniyalik raqibi Toni Belyuni nokautga uchratgan edi. Usik o'sha g'alabadan keyin mutlaq jahon chempioniga aylangandi.
Kallum Smit esa Buyuk Britaniyaning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Smit Xassan N'Dam N'Jikamni nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. Aleksandr Usik superog'ir vazn toifasidagi ilk jangini 21 oktyabr kuni Tayron Spongga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar