04 iyu 13:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usik: Joshuaning keyingi jangi ikki raundga bormaydi
Birinchi og'ir vazn toifasida WBO, WBC va IBF chempioni Aleksandr Usik superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.
Xabaringiz bor, Joshua uch kun avval shov-shuvli tarzda meksikalik Endi Ruisga ettinchi raundda nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.
“Ochig'i, men uchun ham bu kutilmagan natija bo'ldi. Lekin ishonchim komil, Entoni keyingi jangini ikki, uzog'i bilan uch raundda yakunlaydi. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz, deb o'ylayman”, - dedi Usik.
Havola :
Fikrlar