03 okt 12:00
Yangiliklar
Alkaraz dunyoning birinchi raketkasini engib, Pekin turniri chempioniga aylandi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner reytingning uchinchi pog'onasidan joy olgan ispaniyalik Karlos Alkarazga qarshi kortga chiqdi. Uch soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz irodali g'alabaga erishdi - 6/7(6), 6/4, 7/6(3).
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Karlos 7:4 hisobida oldinda bormoqda. Ikkala tennischi ham 6 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar italiyalikda ko'proq bo'ldi - 4 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonda bo'ldi - 3 ga 2.
Etiborlisi, Alkaraz hal qiluvchi uchinchi setning tay-breykida 0:3 hisobida yutqazayotgandi. U Yannikning 15 ta g'alabadan iborat ajoyib seriyasiga barham berdi. Bu ispan tennischisining mavsumdagi to'rtinchi, faoliyatidagi 16-sovrin bo'ldi. Karlos 500 reyting ochkosi va 695,750 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritdi. Sinner esa 330 ochko hamda 374,340 dollarga ega bo'ldi.
Fikrlar