11 noy 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares - Golovkin: Trilogiya may oyida o'tkaziladi
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn mijozi, o'rta vaznda IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkinga shov-shuvli jang tayyorlamoqda.
Taniqli promouter uchta vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, meksikalik superyulduz Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi trilogiya jangini tashkil etish bo'yicha say-harakatlarni boshlab yubordi. Britaniyalik promouter bu jangni 2020 yilning may oyida o'tkazmoqchi.
"Biz Alvares - Golovkin jangini may oyida o'tkazishga tayyormiz. Golovkin jangga rozi, hamma gap Kaneloning o'zida qoldi", - deya Xirnning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BoxingNews24.
Eslatib o'tamiz, bu ikki jahon chempionlarining ilk jangi durang natija bilan yakunlangandi. Ikkinchi to'qnashuvda esa Saul Alvares ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar