04 noy 16:57
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/93843_220.jpg)
Alvares Golovkinga qarshi uchinchi jangning o'tkazilish shartlarini aytdi
Uchta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares yana bir bor o'rta vaznda IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin haqida to'xtaldi.
Etiborlisi, meksikalik jahon chempioniga qozog'istonlik chempion bilan uchinchi jang umuman qiziq emas. Lekin moliyaviy tomondan juda yaxshi taklif bo'lsa, uning jamoasi trilogiyani ko'rib chiqadi.
"Golovkin - men uchun endi chaqiruv emas. Biz o'zaro 24 raund jang o'tkazdik va men uchun mag'lub etdim. Ha, bu haqiqatan ham men uchun chaqiruv emas. Lekin moliyaviy tomondan yaxshi taklif bo'lsa, ko'rib chiqish mumkin. Nima uchun yo'q", - deya Alvaresning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Boxing Scene.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar