03 noy 10:59
Yangiliklar

Alvares - Kovalyov jangida nokaut qayd etildi
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan meksikalik Saul “Kanelo” Alvares yarim og'ir vaznda jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan chempionlik jangi 11-raundda to'xtatildi. Jangning beshinchi raundidan so'ng tashabbusni o'z tomoniga og'dirib olgan Alvares 11-raundda raqibiga avvaliga chap, keyin o'ng tomondan kuchli zarba berdi. Kuchli zarbalarni o'tkazib yuborgan Kovalyov muvozanatni yo'qotdi. Referi esa jangni to'xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
SHu tariqa, 29 yoshli Saul Alvares faoliyatidagi 53-g'alabasini tantana qildi. Bu meksikalikning 35-nokauti edi. Bu g'alaba Kaneloga Kovalyovga tegishli WVO chempionlik kamarini taqdim etdi. Endi u uchta vazn toifasida jahon chempioni!
Fikrlar