02 dek 17:31
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23869_220.jpg)
Alvares Migel Kottoga qarshi jang qilganidan faxrlanadi
Bugun Nyu-Yorkda WBO yo'nalishi birinchi o'rta vazn toifasida Migel Kotto va Sadam Ali o'rtasida chempionlik jangi bo'lib o'tadi.
Puerto-Rikolik bokschi uchun ushbu jang professional faoliyati davomidagi so'nggisi bo'lishi kutilmoqda.
Meksikalik bokschi Saul Alvares esa unga omad tiladi.
"Migel Anxel Kotto, men senga jangda omad tilayman. Bu sening ajoyib faoliyating davomidagi so'nggi janging bo'lishini bilaman. Sen sport uchun ko'p narsa qilding deb o'ylayman. Faoliyatingni tugatganingdan so'ng shahsiy hayotingda omadlar tilayman. Senga qarshi jang qilib ko'p narsa o'rganganman. Senga qarshi jang qilganimdan faxrlanaman", - dedi Alvares.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar