06 may 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/12063_220.jpg)
Alvares va CHaves taroziga chiqishdi, vaznlar bir xil chiqdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi meksikalik 26 yoshli Saul “Kanelo” Alvares hamda 30 yoshli Xulio Sezar CHaves o'rtasida tashkil etiladi. Bo'lajak janglar oldidan oqshom ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish marosimi o'tkazildi.
Bokschilar belgilangan 74,6 kg vazn toifasi limitini qayd etishdi. Har ikkala bokschi ham bir xil 74,4 kg vaznga ega ekanligi malum bo'ldi.
![](https://olamsport.com/upload/storage/12062_680.jpg)
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar