03 noy 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares vs Kovalyov: Nokautgacha hisob qanday edi? Hakamlar hujjatidan ko'chirma FOTO
Xabar berganimizdek, bundan bir necha daqiqa aval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi yakunlangan edi.
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan meksikalik Saul “Kanelo” Alvares yarim og'ir vaznda WVO chempioni rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko'tarilgan va 11-raundda raqibini nokautga uchratgandi.
Kovalyov - Alvares jangi to'xtatilgan vaqtga qadar hakamlar qo'ygan ochkolar hisoblab chiqildi. Hakamlardan ikki nafari - Deyv Moretti va Juliya Lederman 96-94 hisobidagi g'alabani Alvaresga taqdim etgan. Uchinchi hakam Don Trella esa 10 raund yakunlariga ko'ra jangda durang natija qayd etildi deb hisoblagan - 95-95.
Havola :
Fikrlar