16 apr 11:21
Yangiliklar
Futbol
Alvaro Arbeloa: "Hakam o'yinni buzdi"
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ECHL 1/4 finalining javob o'yinida "Bavariya"ga mag'lub (3:4) bo'lganidan keyin jamoa yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga qizil ko'rsatilgan vaziyatga izoh berdi.
86-daqiqada "Real" o'n kishi bo'lib qoldi — Eduardo Kamavinga Xarri Keynga qarshi o'z maydonida qoida buzgani va hakamning hushtagidan keyin to'pni qaytarmaganligi uchun maydondan chetlatildi.
"Hakam o'yinni buzdi. Bunday harakat uchun o'yinchini chiqarib yuborish mumkin emas!", — dedi Arbeloa.
Ikki o'yin yakuni bo'yicha madridliklar myunxenliklarga umumiy 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Havola :
Fikrlar