11 avg 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan shu yil oxirida jang qilmoqchi
Birinchi o'rtaengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Amir Xan noyabr yoki dekabr oyida jang o'tkazmoqchi.
Britaniyalik bokschi 2016 yilda Saul Alvaresga qarshi mag'lubiyatdan so'ng boshqa ringga ko'tarilmagandi.
"Noyabr yoki dekabr oylarida ringga chiqmoqchiman. El Xeymon bilan ishlashda davom etmoqdaman. Anchadan beri jang qilmadim. Menga operaciya va oilamdagi muammolar halal berdi. Men jangga tayyorlanishim kerak. Britaniyadagi janglarni sog'indim. Bu erga AQSHdan bokschi chaqirib, zaldagi muxlislarni xursand qilmoqchiman. Ayni paytda Denni Garsiya, Kit Turman va Lamont Pitersonlarga qarshi jang o'tkazish variantlarini ko'rib chiqmoqdaman", - deydi Xan.
Havola :
Manba : World Boxing News
Fikrlar