12 mar 00:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Ammanda davom etayotgan Osiyo chempionatida boksda kamdan kam uchraydigan holat yuz berdi
Ammanda o'tayotgan Osiyo chempionatining yoshlar o'rtasidagi bahslarning yarim finali doirasida bugun -54 kg vaznli Abduvali Bo'riboev hindistonlik raqibiga qarshi jangda ajoyib harakat qilgan bo'lsada, yakunda hakamlar hind bokschisining g'alabasini qayd etishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari mazkur jang natijasi yuzasidan "protest" berishdi. Jang qayta ko'rib chiqildi va yakunda Abduvali Bo'riboev final yo'llanmasiga ega chiqdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : BoxingUzbekistan
Fikrlar