25 dek 18:54
Yangiliklar
Futbol
Amorim MYU natijalari haqida: "Juda xafaman, lekin nima qilish kerakligini bilaman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa bilan g'alaba qozonish istagi borligini aytib o'tdi hamda muxlislarni kelasi yil uchun rejasi borligiga ishontirdi.
"SHunchaki g'alaba qozonishni xohlayman, bunda Rojdestvoning ahamiyati yo'q. Men ham muxlislar kabi juda xafaman, lekin nima qilish kerakligini bilaman. Biroq buning uchun bazi muammolarni bosqichma-bosqich hal qilishimiz va barcha savollarga javob topishimiz kerak bo'ladi. Biz bu uchun kurashamiz", – dedi murabbiy.
"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining 17-turidan so'ng 22 ochko jamg'arib, 13-o'rinda bormoqda. "Qizil iblislar" Rojdestvo bayramini 1989/90 yilgi mavsumdan beri birinchi marta jadvalning quyi yarmida kutib olmoqda.
Havola :
Fikrlar