19 okt 10:29
Yangiliklar
![](/upload/storage/21080_220.jpg)
Ana xolos! Endi Jidda shahrida ham chempionlik boks kechasi o'tkaziladi
Yarim final doirasidan o'rin olgan jangda WBO yo'nalishi chempioni ukrainalik Aleksandr Usik WBC chempioni latviyalik Mayris Briedisga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu chempionlik jangi Saudiya Arabistonining muqaddas Jidda shahrida o'tkaziladi.
Kuni kecha London shahrida jang tashkilotchilari va bahsni qabul qiluvchi tomon o'rtasida shartnoma imzolanldi. Jiddadagi bu jang yanvar oyida bo'lib o'tadi. Hozircha jangning aniq sanasi malum emas.
Bugunga kelib yarim finalga uch nafar bokschi etib kelgan.
Usik va Briedisdan tashqari WBA chempioni Yuner Dortikos ham yarim finalga chiqqan.
Uning raqibi IBF chempionlik kamari sohibi rossiyalik Murat Gassiev hamda
polshalik Kshishtof Vlodarchik o'rtasidagi jangdan so'ng aniqlanadi.
Fikrlar