So’nggi yangiliklar

18:30Ўзбекистон - Ҳиндистон ва бошқа ўйинлар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-тур ўйинлари ўтказилмоқда (LIVE) 0 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

11 sen 13:47
Yangiliklar

Voleybol

Ana xolos! Tarixda ilk bor jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan voleybolchilarimiz ushbu musobaqaga borishmadi

O'tgan yilning 22-29 iyul kunlari poytaxtimiz voleybol bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi U16 Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan edi.

O'n ikkita jamoa qatnashgan qita birinchiligi yakunida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi finaga qadar etib borib, Osiyo vice-chempionligi bilan bir qatorda yurtimiz voleyboli tarixida ilk bor jahon chempionati yo'llanmasini ham qo'lga kiritgandi. Osiyodan chempion Eron, vice-chempion O'zbekiston hamda bronza medali sovrindori sifatida Xitoy Taypeyi terma jamoalari jahon chempionati chiptasiga ega chiqqandi. 

24-31 avgust kunlari U17 yosh toifasidagi ana shu jahon chempionati Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida tashkil etildi. Besh qitaning saralangan 16 terma jamoasi qatnashishi kerak bo'lgan musobaqa Osiyoning amalda ikkinchi jamoasi bo'lib turgan O'zbekistonsiz o'tdi. 

Ha, afsuski, aynan shunday bo'ldi. O'zbekiston qura natijasiga ko'ra D guruhida Braziliya, Belgiya va CHili terma jamoalariga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Reglamentga ko'ra o'smirlarimiz ishtirokidagi har bir o'yinga 0:3 (0-25, 0-25, 0-25) hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan Xitoy Taypeyi terma jamoasi jahon chempionatida ham bronza medallariga ega chiqdi. Bizni finalda mag'lub etgan Eron esa mundialni kuchli beshlikda yakunladi. Aytmoqchi bo'lganimiz, bu jamoaning potenciali bor edi.  

Yana ham alamlisi, bu yosh toifasidagi o'smirlarimiz kelasi yili Toshkent shahri mezbonligida o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarida qatnashadigan yosh tarkibi hisoblanadi. SHu paytgacha hech bir yosh toifasidagi voleybol jamoamiz qita birinchiligining finali hamda jahon chempionatiga yo'l olmagan edi. 

Etibor bering, ikki oycha oldin, aniqrog'i 19 iyul kuni "Voleybol sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori (PQ-274-son, 19.07.2024 y.) qabul qilingandi.

Bizga etib kelgan malumotlarga qaraganda, Bolgariya elchixonasi tomonidan terma jamoamiz delegaciyasiga vizalar berilmagan emish. Musobaqa mezboni AQSH bo'lganida viza masalasini tushunish mumkin edi. Har qanday katta musobaqalar, xususan jahon chempionatlarida mezbon tomonidan ishtirokchi davlatlar uchun viza ko'magi taqdim etiladi. Xullas, fakt shuki, tarixda ilk bor erishganimiz - jahon chempionati O'zbekistonsiz o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing