02 dek 16:55
Yangiliklar
Futbol
Anchelotti Vinisiusni ogohlantirdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real Madrid" futbolchisi Vinisius Juniorni ogohlantirdi.
"Vinisius yaxshi jismoniy holatda bo'lishi kerak. Bizda juda ko'p kuchli o'yinchilar bor va men eng zo'r formada bo'lib turgan futbolchilarni terma jamoaga chaqiraman . Agar Vinisius yuqori formada bo'lmasa, boshqa o'yinchini chaqiraman, chunki jamoada, ayniqsa hujumda raqobat kuchli", - dedi Anchelotti.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum La ligada 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 tadan gol va assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar