So’nggi yangiliklar

09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0

26 iyu 07:01
Yangiliklar

Futbol

"Andijon" tarixda ilk bor OCHL 2`da: tayyorgarlik, qura va uchrashuvlar sanasi

Teglar :  AndijonOCHL 2
"Andijon" futbol klubi 2025/26 yilgi mavsumda o'z tarixida ilk marotaba Osiyo CHempionlar Ligasi 2 musobaqasida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

Bu nafaqat klub, balki butun Andijon viloyati uchun katta sharaf va muvaffaqiyatli sanaladi.    

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Legionerlar bilan muzokaralar olib borilyapti, infratuzilma yaxshilanyapti. Jamoa to'p tepadigan "Bobur Arena" stadionida ham xalqaro o'yinlarga mos ravishda shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Xo'sh, "Andijon" kimlarga qarshi to'qnash kelish mumkin?

OCHL 2 guruh bosqichi qura orqali aniqlanadi. Andijonliklar katta ehtimol bilan Markaziy Osiyo yoki G'arbiy Osiyo jamoalari bilan raqobatlashadi. Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Xindiston, Eron, Iordaniya, Iroq, Turkmaniston kabi davlatlarining klublari bilan o'ynash ehtimoli mavjud.

Qura qachon?

OFK tomonidan rasman elon qilingan qura marosimi 2025 yilning 16 avgust sanasida Malayziya davlatida bo'lib o'tadi.

"Andijon" musobaqada 2-savatchadan o'rin egallagan. Quyida savatchadan o'rin olgan jamoalar bilan tanishishingiz mumkin:

1. "Istiqlol" (Eron)

2. "Andijon" (O'zbekiston)

3. Iroqning 2-o'rinni olgan jamoasi 

4. "Al Hussayn" (Iordaniya)

Qura natijalaridan so'ng "Andijon" uy-safar tizimida jami 6 ta o'yin o'tkazadi va guruhda 1–2-o'rinlarni egallagan jasoalar pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritib, keyingi bosqichiga chiqadi.


Guruh bosqichi o'yinlari sanasi:

1-tur: 16–18 sentyabr

2-tur: 30 sentyabr-2 oktyabr

3-tur: 21-23 oktyabr

4-tur: 4-6 noyabr

5-tur: 25-27 noyabr

6-tur: 10-11 dekabr


Nodirbek Abdullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing