06 fev 15:46
Yangiliklar
"Andijon" va Xomyakov. FIFA murabbiy foydasiga qaror chiqardi
"Andijon" sobiq murabbiyi Aleksandr Xomyakov qarzdorlik bilan bog'liq muammo sabab FIFAga murojaat qilgan edi.
Biz bu haqida O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev bilan bog'landik.
"Muammo shundaki, "Andijon" o'tgan mavsum o'rtasida Xomyakov bilan shartnomani bekor qilmay turib yangi murabbiy bilan shartnoma imzolagan. Bundan tashqari maoshlardan ham qarzdorlik bo'lgan. Xomyakov bu ish yuzasidan FIFAga murojaat qildi. Yakunda bu ishda tashkilot murabbiy foydasiga qaror chiqardi. Endilikda "Andijon" bu qarzdorlikni to'liq qoplab berishi kerak bo'ladi. Aks holda klubga nisbatan transfer taqiqi qo'yiladi",- deydi Kamoliddin Murzoev.
Aleksandr Xomyakov 2023 yil "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan. 2024 yil klub bilan O'zbekiston Kubogida g'olib chiqqan. 2025 yil 6 may kuni mutaxassis jamoa bilan xayrlashgan.
Malumot uchun, Superligada transfer oynasi 20 fevral kuni yopiladi.
Fikrlar