18 fev 08:27
Yangiliklar
"Andijon" yana bir Osiyo chempioni bilan shartnoma imzoladi
"Oldin xabar berganimizdek, jamoamiz selekciya jarayonida tajribali o'yinchilar bilan birga kelajagi porloq futbolchilarga ham etibor qaratmoqda.
Yaqinda Antaliyadagi yig'inimizga qo'shilgan istedodli yarim himoyachi Sayfiddin Sodiqov rasman “Andijon” azosiga aylandi. U bilan mehnat shartnomasi imzolandi va yarim himoyachi jamoamiz sharafini himoya qiladi.
Sayfiddin Sodiqov 2008-yilning 27-iyun sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. U “Odil Junior” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.
Bungacha birinchi ligada “Ahmedov FK” jamoasida o'ynagan. SHuningdek, o'tgan yili O'zbekiston U-17 terma jamoamiz tarkibida Osiyo chempioni bo'ldi va jahon chempionatida qatnashdi", - deyiladi andijonliklar xabarida.
Fikrlar