06 may 17:16
Yangiliklar

Andijonda Ruslan CHagaevga milliy to'n va do'ppi kiydirishdi (foto)
Bu haqida Andijon viloyati hokimligiga asoslanib, "Daryo" nashri xabar bermoqda.
Andijon olimpiya zaxiralari kollejida bo'lib o'tgan taqdirlash marosimida g'olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom, medal va qimmatbaho sovg'alari viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonov va o'zbekistonlik taniqli bokschi Ruslan CHagaev tomonidan tantanali tarzda topshirildi.
SHundan so'ng viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonov tadbirda ishtirok etgan boks bo'yicha sobiq jahon chempioni, asli andijonlik Ruslan CHagaevga milliy to'n va do'ppi kiydirdi.
Men mana shu yurtda unib-o'sib, muvaffaqiyatlarga erishganimdan doimo faxrlanaman. Meni jahonga tanitgan ona yurtimga va xalqimga doimo tazimdaman.
Tadbir yakunida Ruslan CHagaevning yosh sportchilar hamda boks muxlislari bilan jonli suhbati bo'lib o'tdi.
Fikrlar