02 fev 10:17
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Monpele turniri finaliga chiqa olmadi
Franciyaning Monpele shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Dunyoning o'ninchi raketkasi Andrey Rublyov yarim final bosqichida o'z ishtirokini to'xtatdi. Rossiyalik tennischi kutilmaganda ATP reytingida 102-pog'onada borayotgan amerikalik Aleksandar Kovachevichga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 5/7, 4/6.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. To'qson olti daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 8, Kovachevich 9 ta eys zarbani amalga oshirgan. Kovachevichning finaldagi raqibi kanadalik Feliks Oje bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar