30 okt 08:31
Yangiliklar
Futbol
Angliya Liga Kubogi. Husanov maydonga qaytdi. "Man Siti", "Arsenal", "Nyukasl" va "CHelsi" keyingi bosqichda, "Liverpul" o'z uyida yirik hisobda yutqazdi
Angliya Liga Kubogining 1/8 final bosqich o'yinlari bo'lib o'tdi.
"CHelsi" mehmonda gollarga boy o'tgan o'yinda "Vulverxempton"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. "Liverpul" esa o'z uyida ikkinchi tarkibi bilan "Kristal Pelas"ga yirik hisobda taslim bo'ldi. "Arsenal" ikkinchi taymda ikkita gol urib, "Brayton"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
"Suonsi" klubi "Manchester Siti" bilan o'yinning 12-daqiqasida hisobni ochdi. Ammo mehmonlar Doku, Marmush va CHerkining gollari evaziga irodali g'alabaga erishishdi. Jarohatdan qaytgan "shaharliklar"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 63-daqiqaga qadar harakat qildi.
"Nyukasl" esa ishonchli hisob bilan zafar quchdi va "Tottenxem"ni musobaqa bilan xayrlashishga majbur qildi.

Havola :
Fikrlar