10 noy 08:41
Yangiliklar
Angliyada terma jamoa JCH-2022 yarim finaliga chiqishga ishonishmayapti
"So'nggi ikki musobaqada bo'lgani kabi biz bu safar uzoqqa bora olmaymiz.
Yarim himoya va hujum bo'yicha Sautgeyt xotirjam bo'lishi mumkin, himoya esa havotirga solmoqda.
Tarkib sifatini hisobga olsak, biz guruhda g'olib bo'lishimiz kerak. Ammo qancha uzoqqa borsak, shuncha qiyin bo'ladi. Angliyaning himoyasi meni havotirga solmoqda.
Angliya terma jamoasining so'nggi musobaqalardagi muvaffaqiyatini hisobga olsak, jamoa g'alabaga erishib, yana bir qadam oldinga borishi kerak. Ammo bu qiyin bo'ladi, juda qiyin", - dedi SHirer.
Eslatib o'tamiz, Angliya so'nggi ikki musobaqa - JCH-2018da yarim finalgacha, Evro-2020da esa finalgacha etib borgan.
Angliya JCH-2022 guruh bosqichida AQSH, Uels va Eronga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar